AsosiyJamiyat

​O`zbekistonda maxsus haftalik boshlandi

'​O`zbekistonda maxsus haftalik boshlandi'ning rasmi

Mamlakatimizda 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlangan "Har bir bolaga mehr, e`tibor!" shiori ostida maxsus haftalik boshlandi. Loyihaning ilk tadbiri sifatida poytaxtimizdagi "Toshkent-Lend" istirohat bog`ida bolalar uchun xayriya aksiyasi tashkil etildi.

"Sog`lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi, "Sen yolg'iz emassan" Respublika jamoatchilik bolalar jamg`armasi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o`tkazilayotgan mazkur haftalikning ilk tadbiriga poytaxtimiz, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari, alohida ehtiyojli oilalarning farzandlari qamrab olindi.

"Har bir bolaga mehr, e`tibor!" maxsus haftaligi doirasida rang-barang va qiziqarli tadbirlar, tanlovlar, badiiy ko`rgazmalar, teatrlar, istirohat bog`lariga sayohatlar, sport musobaqalari, konsertlar o`tkazilishi ko`zda tutilgan, deb yozadi O`zA.

Xayriya aksiyasi doirasida bog`dagi barcha attraksionlar bolalarga bepul xizmat ko`rsatdi. Kichkintoylarga sovg`alar ulashildi.

Boshqa yangiliklar