AsosiyJamiyat

​Toshkentda talaba etkazgan tan jarohati oqibatida yana bir talaba Neyroxirurgiya Ilmiy Markaziga yotqizildi

'​Toshkentda talaba etkazgan tan jarohati oqibatida yana bir talaba Neyroxirurgiya Ilmiy Markaziga yotqizildi 'ning rasmi

2017 yilning 27 may kuni taxminan soat 22:30 da, Toshkent shahridagi davlat instituti talabalarining biri Valiev Nosir, oliygohning Mirzo Ulug`bek tumanidagi yotoqxonasida bo`la turib, bezorilik oqibatida, tanishi Xamraev Shexrozni boshi va tanasining turli qismiga qo`li hamda oyoqlari bilan og`ir tan jarohati etkazgan.

Xamraev olgan tan jarohati natijasida, Respublika Neyroxirurgiya Ilmiy Markaziga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan JKning 104-moddasi 2-qismi “e“ bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og`ir shikast etkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Valievga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Yuqoridagi shaxslarning anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning o`xshashlik holati tasodifiy xarakterga ega.

Boshqa yangiliklar