AsosiySport

O`zbekistonlik yana bir mahoratli futbolchi uylandi

'O`zbekistonlik yana bir mahoratli futbolchi uylandi'ning rasmi

“Navbahor” jamoasi futbolchisi Oybek Qilichev hayotida unutilmas voqea sodir bo`ldi.

“Navbahor” klubi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, yarim himoyachi bo`ydoqlik bilan xayrlashdi. To`y marosimi ikki kun avval bo`lib o`tdi.

“Shu munosabat bilan Qilichevga turmush o`rtog`i bilan chin dildan baxt tilaymiz! Jamoa rahbariyati, a`zolari va barcha muxlislari nomidan yoshlarga eng avvalo uzoq umr va baht-saodat tilab qolamiz. To`yingiz muborak bo`lsin!”, – deyiladi “Navbahor” PFK matbuot xizmati xabarida.

Boshqa yangiliklar