45 yoshli kaliforniyalik ayol 30 yildan beri Santa Fe nomli temiryo`l vokzalini sevadi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Kerol 36 yillik his-tuyg`ulardan keyin temiryo`l vokzaliga “turmushga chiqishga” qaror qildi. Ayol temiryo`l vokzali uning his-tuyg`ulariga e`tiborsiz emasligiga ishonadi. Kerol mazkur munosabatini rasmiylashtirmagan. Ammo u 2015 yildan beri o`zini temiryo`l vokzalining “jufti”, deb hisoblaydi. Yaqinda u turmush qurganining ikki yilligini nishonladi. Mazkur ittifoqni his qilish uchun u familiyasini temiryo`l sharafiga Santa Fe, deb o`zgartirdi.
Kerol San-Diego shahrida istiqomat qiladi, u “turmush o`rtog`i”ning oldiga borish, uni ko`rish uchun erinmay, avtobusda 45 daqiqa yo`l bosadi.






