AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev Shayxontohur tumanidagi “Suzuk ota” maqbarasi va jome` masjidida bo`ldi

'​Shavkat Mirziyoev Shayxontohur tumanidagi “Suzuk ota” maqbarasi va jome` masjidida bo`ldi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev 26 may kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi “Suzuk ota” maqbarasi va jome` masjidida bo`ldi.

Suzuk otaning asl ismi Mustafoqul bo`lib, 1140 yilda tavallud topgan. U Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Hushtojning kenja o`g`li bo`lgan. Bolalik chog`ida bobosi u kishini erkalab “Mening suzigim (suyukligim), xush keldingiz!”, degani bois atrofdagilar ham uni shu ism bilan chaqira boshlagan. Suzuk ota yuzlab shogirdlarga ilm berib, hunarga, halol mehnatga o`rgatgan. 1363-1364 yillarda yil buyuk bobokalonimiz Amir Temur Yassaviyning nabirasi Suzuk ota qabri ustida maqbara va masjid bunyod ettirgan, deb yozadi O`zA.

Mustaqillik yillari bu muqaddas qadamjo qayta tiklanib, obodonlashtirildi. “Suzuk ota” mahalla fuqarolar yig`inida besh mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahallada hunarmandlik, duradgorlik, o`ymakorlik rivojlangan.

Muqaddas dinimizga muvofiq maqbarada Qur`oni karimdan tilovat qilindi.

Ushbu masjid va maqbara ma`naviyatimizni yanada yuksaltirishga, yurtimizda ezgulik nurini ziyoda etishga xizmat qilishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Bu erda hunarmandlar markazi va kutubxonasi tashkil etish lozim.

Prezidentimiz mutasaddilarga maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Boshqa yangiliklar