AsosiyDunyo

​Manchesterlik hudkush bombani hujumdan bir yil avval tayyorlashni boshlagan

'​Manchesterlik hudkush bombani hujumdan bir yil avval tayyorlashni boshlagan'ning rasmi

Manchesterdagi stadionda yuz bergan teraktni amalga oshirishda gumonlanayotgan Salman Abedi hujumga bir yil avval tayyorgarlik ko`ra boshlagan, deb yozadi The Times.

O`tgan bahorda erkak bankda hisob raqam ochgan bo`lib, uni bor yo`g`i ikki marta portlash moslamasini yasash uchun zaruriy uskunalar sotib olishga sarflagan. Shubha uyg`otmaslik uchun u Manchester yaqinidagi ikkita qurilish do`koniga borgan.

Shundan so`ng Abedi bir necha oyga Liviyaga jo`nagan qaytgach esa, uy ijaraga olib bombani yasagan.

Manchesterdagi portlash dushanba kuni kechqurun amerikalik qo`shiqchi Ariana Grandening konserti vaqtida “Manchester Arena” stadionida yuz bergan. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, 22 kishi halok bo`lgan, shundan bolalar ham bor, o`nlab odamlar yaralangan. Polisiya yuz bergan hodisani terakt deb baholamoqda.

    Boshqa yangiliklar