AsosiySport

OChL–2017. Ravshan Ermatov Yaponiyadagi o`yinni boshqaradi

'OChL–2017. Ravshan Ermatov Yaponiyadagi o`yinni boshqaradi 'ning rasmi

Osiyo futbol konfederasiyasi OChL–2017 turnirining Sharq mintaqasi nimchorak finali javob o`yinidan o`rin olgan “Kashima Antlers” (Yaponiya) – “Guanchjou Evergrand” (Xitoy) uchrashuviga rasmiylar tayinladi.

O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Eramatov mazkur uchrashuvda bosh hakam bo`lib ishlaydi. Unga qanotlarda odatdagidek Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi malayziyalik Suhayzi bin Shukriga yuklatildi.

Qatarlik Jassim Muhammad al-Hail hakamlar ishiga baho beradi. Gonkonglik Chyong Xin Chang uchrashuv komissari etib tayinlandi.

“Kashima Antlers” va “Guanchjou Evergrand” o`rtasidagi javob o`yini 30 may kuni, Ibaraki shahrida bo`lib o`tadi. Jamoalar o`rtasidagi ilk o`yinda “Guanchjou Evergrand” 1:0 hisobida zafar quchgan.

Boshqa yangiliklar