Yo`lning sifatsiz ta`mirlanishi qizchaning asfaltga yopishib qolishiga sabab bo`ldi, deb xabar berdi tengrinews.kz nashri.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog`istonning Almati viloyatidagi Usharal shahrida yashovchi qizga yangi yotqizilgan asfaltga yopishib qolgani aks etgan surat tarqaldi. Havoning birdan qizib ketishi oqibatida yangi asfalt erib ketib, aholiga ham, haydovchilarga ham noqulayliklar tug`dirdi. Sifatsiz ravishda ta`mirlangan yo`l qaytadan asfaltlanmoqda. Shahar mutassaddi rahbarlari yo`l ta`mirlash ishlari tugaganidan keyin uning sifatini qaytadan tekshirishga va`da berdi.






