Madridning “Real” jamoasi himoyachisi Daniel Karxaval “Yuventus”ga qarshi kechadigan EChL finaliga qadar jarohatidan butunlay forig` bo`ladi, deb yozadi Sports.uz nashri.
Marca nashrining xabar berishicha, futbolchida og`riqning qaytishi kuzatilmasa, u final uchrashuvini ilk daqiqalardan boshlab o`tkaza oladi.
Iqtidorli himoyachi “Atletiko Madrid”ga qarshi (3:0) EChL yarim final ilk o`yinida jarohat olgandi. Tibbiy ko`rikdan keyin unda tizza osti mushaklarining ikkinchi darajali shikastlanini aniqlandi.
Eslatib o`tamiz, “Yuventus” va “Real” o`rtasidagi EChL finali 3 iyun kuni Kardiff shahridagi “Millenim” stadionida bo`lib o`tadi.






