Kecha, 22 may kuni Tailandda futzal bo`yicha tarixda ilk marotaba o`tkazilayotgan U-20 Osiyo chempionatining chorak final bellashuvlari bo`lib o`tdi.
Xose Mariya Pazos Mendez boshchiligidagi yoshlarimiz Mo`g`uliston U-20 terma jamoasini qo`shimcha bo`limlarda mag`lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo`l oldi.
U-20 Osiyo chempionati
Chorak final, 22.05.2017
"Hua Mark Indoor Stadium"
O`zbekiston U-20 - Mo`g`uliston U-20 10:7
Gollar: X.Erkinov 10, A.Usmonov 10, 17, 47, 48, 49, 50, X.Nishonov 11, B.Rizaev 12, S.Mirsharofov 37 - A.Temujin 8, B.Battulga 9 (dabl penalti), E.Bat-Orgil 12, T.Ganzorig 16, 35, B.Rizaev 33 avtogol, Yesuhei 46.
Amalga oshirilmagan dabl penalti: B.Battulga 15
O`zbekiston U-20 (birinchi beshlik): 12.Sunnatjon Anvarov, 7.Ilhomjon Hamroev, 11.Xushnur Erkinov, 13.Akbar Usmonov, 14.Said Rizo Mirsharofov.
Zaxira: 1.Mirislom Miraliev, 2.Shohjahon Shonazarov, 3.Botirbek Rizaev, 4.Asli Muhammadiev, 5.Olimjon Vohidov, 6.Mehroj Xudoyberdiev, 8.Xusniddin Nishonov, 9.Ravshan Ismatullaev, 10.Doniyorbek Tohirov.
Mo`g`uliston U-20 (birinchi beshlik): 14.Purevdorj Badamserejid, 4.Erdenebat Bat-Orgil, 7.Batbaatar Battulga, 10.Tsolmonbaatar Ganzorig, 11.Altansuh Temujin.
Zaxira: 1.Khishigbaatar Bilegdemberel, 2.Garambazar Banzragh, 3.Munzul Muntenker, 5.Bayansaihan Enhsaihan, 6.Erden-Undrah Battogtoh, 8.Bilguun Tsetsegma, 9.Yesuhei Oyunbileg, 12.Tuvshintug Uuganbayar, 13.Tsogt-ochir Jargaltuya.
Chetlatishlar: Husniddin Nishonov 15 - Erdenebat Bat-Orgil 22, Yesuhei 50
O`zbekiston U-20 terma jamoasi yarim finalda Iroq yoshlariga qarshi bahs olib borishadi. 1/2 final o`yini 24 may kuni bo`lib o`tadi.






