AsosiySport

U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi taqvimi e`lon qilindi

'U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi taqvimi e`lon qilindi 'ning rasmi

2018 yili 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “D” guruhi uchrashuvlarining o`tkazilish kunlari ma`lum bo`ldi. BAA mezbonlik qiladigan mazkur guruhdan O`zbekiston, Livan va Nepal yoshlari joy olgan.

O`FF matbuot xizmatining xabar beriicha, “D” guruhi uchrashuvlari 15–19 may oralig`ida bo`lib o`tishi belgilandi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa dastlab Livan yoshlariga qarshi bahs yuritadi. Keyingi raqib Nepal bo`ladi. Nihoyat, so`nggi bellashuv maydon egalari – BAA yoshlariga qarshi kechadi.

Osiyo chempionatiga saralash o`yinlarining barchasi Al-Ayn shahridagi Tahnoun Bin Mohamed Stadium maydonida bo`lib o`tadi.

U-23 Osiyo chempionati saralashi
15–19 may kunlari

BAA, Al-Ayn shahri

15 iyul, shanba

19:25 BAA – Nepal
22:15 O`zbekiston – Livan

17 iyul, dushanba

19:25 Nepal – O`zbekiston
22:15 Livan – BAA

19 iyul, chorshanba

19:25 BAA – O`zbekiston
22:15 Livan – Nepal

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko`rsatilgan.

Boshqa yangiliklar