O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan avval Tailand termasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o`tkazadi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.
Jamoalar o`rtasidagi o`yin 6 iyun, seshanba kuni soat 20:00 da start olishi ko`zda tutilgan. Mazkur bellashuv O`zbekiston termasi uchun Eronga qarshi o`yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o`taydi.
O`zbekiston va Tailand o`rtasidagi bahsni stadiondan bevosita yoritishni rejalashtirayotgan OAV vakillari JCh–2018 saralash bosqichi uchun berilgan akkreditasiya kartochkalari bilan “Bunyodkor” maydonida kirishi mumkin.
Ma`lumot uchun, JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin O`zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. “B” guruhidagi Tailand esa 7 o`yindan keyin 1 ochko bilan so`nggi, 6-pog`onani band qilib turibdi.






