Sudanda o`q-dori ombori portlashi oqibatida 5 kishi qurbon bo`ldi, 67 nafar odam yaralandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Mazkur voqea Sudanning Nyala shahrida ro`y berdi. Sudan armiyasi vakilining so`zlariga qaraganda, portlashga elektr toki sabab bo`lgan. Ba`zi bir yaradorlarning ahvoli o`ta og`ir, deb baholanmoqda.
Ayni paytda portlash oqibatida yuzaga kelgan yong`inni o`chirish ishlari olib borilmoqda. Guvohlarning ma`lumot berishicha, kuchli yong`in ko`tarilishi mahalliy aholini vahimaga solib, ularning aksariyat qismi uylarini tark etgan.






