Parkur (Olimpiya o`yinlari hisobiga kiritilmagan sport turi) ishqibozlaridan biri bo`lgan Xitoyning Chendu shahrida yashovchi yigit o`zi tushgan metro poezdini quvib etdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Mahalliy kollejlardan birida o`qiydigan Xou Junu ismli yigit metro bekatlaridan birida tushib, yuqoriga chiqdi, 800 metrli Chongqi Lu va Dongmen Qiao metro bekatlari oralig`ini ikki daqiqada beton devorlardan sakragan, erda dumalagan holda bosib o`tib, keyingi metro bekatida o`zi tushgan poezdga qaytadan o`tirdi.
Xou bunday natijaga erishishga uni 2014 yilda London shahrida o`zi tushgan metro poezdini quvib etib, qaytadan mingan britaniyalik chopqir yigit ilhomlantirganini gapirib berdi.
U mazkur holat aks etgan voqeani ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.






