AsosiySport

O`zbekiston U-21 — Rossiya U-21 o`rtoqlik uchrashuvining o`tkazilish vaqti o`zgardi

'O`zbekiston U-21 — Rossiya U-21 o`rtoqlik uchrashuvining o`tkazilish vaqti o`zgardi 'ning rasmi

O`zbekiston U-21 terma jamoasi shu yilning 27 may kuni Rossiya U-21 termasiga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazishi haqida xabar berilgandi.

Mazkur bellashuv Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida 18:00 da boshlanishi ko`zda tutilgan edi. Mamlakatdagi issiq ob-havo tufayli rossiyaliklar o`yinni yarim soat keyinroq o`tkazish taklifi bilan chiqdi va ularning taklifi qanoatlantirildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shunday qilib, O`zbekiston U-21 – Rossiya U-21 uchrashuvi Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida 18:30 da boshlanishi belgilandi.

Boshqa yangiliklar