AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasi himoyachisi jarohat olib, safdan chiqdi

'O`zbekiston terma jamoasi himoyachisi jarohat olib, safdan chiqdi'ning rasmi

Oliy Liga 11-tur uchrashuvlari doirasida “Lokomotiv” “Qo`qon-1912” maydoniga safar uyushtirdi. Mazkur uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida jamoamizning tajribali himoyachilaridan biri Islom To`xtaxo`jaev tizza bo`g`imini shikastlab oldi.

"Temiryo`lchilar" matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, mahoratli futbolchi o`sha uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan bo`lsa-da, ammo maydonga tusha olmadi. Tibbiy tekshiruv natijalariga ko`ra To`xtaxo`jaevning tizza bo`g`imi ichki yon boylami cho`zilgan va qisman yirtilgan bo`lib chiqdi. Bu esa uning yaqin muddat ichiga mo`ljallangan uchrashuvlarni o`tkazib yuborishini bildiradi.

Ta`kidlash joizki, ayni damda Salamat Qutiboev hamda Ikrom Aliboev ham jarohatini davolash bilan band. Umid qilamizki, ushbu futbolchilar tez orada safga qaytadi va jamoamizning muvaffaqiyatlariga o`z xissalarini qo`shadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar