AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev Butunxitoy xalq vakillari kengashi delegasiyasini qabul qildi

'​Shavkat Mirziyoev Butunxitoy xalq vakillari kengashi delegasiyasini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 may kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo`mitasi raisining o`rinbosari, bosh kotibi Van Chen rahbarligidagi Butunxitoy xalq vakillari kengashi delegasiyasini qabul qildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O`zbekiston bilan Xitoy o`rtasida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik muhim o`rin tutishini alohida ta`kidladi.

Suhbat chog`ida Prezidentimizning yaqinda Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiya va madaniy-gumanitar sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, chunonchi, savdo, investisiya va madaniy aloqalarni jadallashtirish, shuningdek, birodarlashgan qadimiy Samarqand va Sian, Buxoro va Loyan shaharlari o`rtasida sayyohlar almashishga alohida e`tibor qaratildi.

Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo`mitasi raisining o`rinbosari, bosh kotibi Van Chen 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy islohotlarni yuqori baholadi.

Van Chen Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va O`zbekiston bilan Xitoy o`rtasidagi strategik sheriklikni kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan aniq dastur va loyihalarni ilgari surish maqsadida ikki mamlakat parlamentlariaro keng ko`lamli hamkorlikka Xitoy tomonining manfaatdorligi va tayyorligini ta`kidladi.

Boshqa yangiliklar