O`zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko OFK tomonidan OChL–2017 turniri nimchorak finalidan o`rin olgan “Persepolis” (Eron) – “Lahviya” (Qatar) uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.
Mazkur uchrashuvda o`zbekistonlik hakamga qanotlarda Ma`mur Saidqosimov va Husniddin Shodmonov yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi Sherzod Qosimovga yuklatildi. Uchrashuv komissari – Adam David Mark (Avstraliya). Falastinlik Maykl Hanania hakamlar nazoratchisi bo`lib ishlaydi.
“Persepolis” va “Lavhiya” klublari o`rtasidagi uchrashuv 24 may kuni Eron poytaxti Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo`lib o`tadi.






