O`g`irlangan toj XIX asrga tegishli bo`lib, Lion muzeyida eksponat sifatida saqlangan, deb xabar berdi 5-tv.ru nashri.
U 1800 ta qimmatbaho tosh va marvaridlar bilan bezatilgan. Tojdan tashqari, doimiy ekspozisiyada bo`lgan uzuk va kubok ham o`g`irlangan. Polisiyachilarning ma`lumot berishicha, o`g`rilik puxta reja asosida amalga oshirilgan. O`g`rilar yarim kechasi signalizasiyani o`chirish orqali binoga kirishgan. Tezkor xizmatlar voqea joyiga zudlik bilan etib kelganiga qaramay, jinoyatni issiq izidan fosh etishning iloji bo`lmadi.






