AsosiyJamiyat

​O`zbekiston tarixiy-madaniy merosini o`rganishdagi muhim qadam

'​O`zbekiston tarixiy-madaniy merosini o`rganishdagi muhim qadam'ning rasmi

Rossiya Fanlar akademiyasi Buyuk Pyotr nomidagi Antropologiya va etnografiya muzeyi (Kunstkamera) direktori Yuriy Chistov Toshkentda o`tayotgan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” xalqaro kongressda qatnashmoqda.

Fursatdan foydalanib, uning mazkur loyiha haqidagi fikri bilan qiziqdik.

— Rossiya Fanlar akademiyasi Buyuk Pyotr nomidagi Antropologiya va etnografiya muzeyi (Kunstkamera) jamoasi nomidan butun insoniyatning ma`naviy mulkiga aylangan o`zbek xalqiga tegishli bo`lgan, ayni paytda bizning muzeyimizda saqlanayotgan bebaho durdonalarni keng ommaga namoyish etish imkoniga ega bo`lganimizdan benihoya mamnunmiz.

Mazkur loyiha O`zbekistonning tarixiy–madaniy merosini o`rganish va ular haqida ma`lumotlarni chop etishda muhim turtki bo`ldi. Asrlar mobaynida o`zbekistonlik hunarmand ustalar tomonidan ishlangan, ko`pgina mamlakatlar sayyohlarining bir necha avlodi tomonidan to`plangan, turli muzey, arxiv va kutubxonalarda saqlanayotgan nodir buyumlar ushbu loyiha sababli keng ommaga taqdim etilmoqda. O`zbekiston xalqlari merosi va yodgorliklarini o`rganish va ularni keng ommaga ko`rsatishga qaratilgan bu ezgu ishlar o`z e`tirofini qozonadi va ko`plab insonlarni foydali va ahamiyatli ishlarga undaydi.

Biz «O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida» loyihasining muallifi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqovga, loyihaning ilmiy rahbari Edvard Rtveladzega, loyihaning barcha ishtirokchilariga bu keng ko`lamli va mashaqqatli tashabbusni amalga oshirganlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Barcha tashkilotchilar va kongress qatnashchilariga ijodiy kuch-g`ayrat, sermahsul yutuqlar tilab qolaman.

Boshqa yangiliklar