“Evrovidenie-2017” qo`shiq tanlovi namoyish etilayotgan jonli efirda makedoniyalik ishtirokchi Yana Burcheska sevgan insonidan turmushga chiqish taklifini oldi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Ovozlar natijasini kutayotgan Yana Burcheskaning yonida o`tirgan erkak, uning qarshisida tiz cho`kib, undan turmushga chiqishni iltimos qildi. Hayajondan xonanda yig`lab yubordi va yigitga roziligini bildirdi. Tanlov tashkilotchilari bergan ma`lumotga ko`ra, bu holat Evrovidenie tarixida jonli efir paytidagi ilk turmush qurish taklifi ekan.






