Italiyaning Rim shahri markaziy qismidagi Aventino ko`chasidagi pochta bo`limi oldida bugun ertalab portlash sodir bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
RaiNews24 telekanali bergan xabarga ko`ra, bitta avtomobil zararlangan, qurbonlar va yaralanganlar yo`q. Voqea joyida o`t o`chiruvchilar va polisiyachilar ish olib bormoqda.
Hozircha portlash sabablari aniqlangani yo`q.
Tergov organlari bergan ma`lumotga ko`ra, portlashga pochta yaqinida joylashgan avtoturargohdagi ikki avtomobil orasiga o`rnatilgan portlovchi qurilma sabab bo`lgan.






