AsosiyDunyo

​Norvegiyalik yosh shahzoda qirollik tadbirida raqsga tushib, omma qalbini zabt etdi

'​Norvegiyalik yosh shahzoda qirollik tadbirida raqsga tushib, omma qalbini zabt etdi'ning rasmi

O`n bir yoshli Norvegiya shahzodasi Sverre Magnus ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

U qirol Xarold va qirolicha Sonining 80 yillik tavalludiga bag`ishlab o`tkazilgan tantanali tadbirda yuzini bujmaytirib, imo-ishora orqali debga raqsga tushdi. Raqsning deb turida mavjud bo`lgan harakatlar xip-xopdan olingan. Artistlarning aytishicha, bu imo-ishoralar orqali odamning ayni paytdagi kayfiyati, o`zini his qilishi aks ettiriladi. Qo`lni silkitish barobarida boshni egish harakati basketbolchilarga xos bo`lib, mazkur harakat kiritilgan to`pni bildiradi.

Shahzodaning raqsidan keyin butun dunyo shahzodalar ham debga raqsga tushishi mumkinligini angladi. Kichkina shahzodaning ota-onasi, buva-buvisi uning bu harakatidan xafa bo`lmay, aksincha kulib qo`ya qolishdi.


    Boshqa yangiliklar