AsosiyJamiyat

​BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn O`zbekistonga keldi

'​BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn O`zbekistonga keldi'ning rasmi

Bugun, 10 may kuni BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga tashrif buyurdi. Toshkent xalqaro aeroportida mehmonlarni Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov va BMTning O`zbekistondagi loyihalari koordinatori Stefan Prisner janoblari kutib olishdi.

BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari boshqarmasi (IHOKB) delegasiyasining 2017 yil 10-12 may kunlari O`zbekistonga rasmiy tashrifi chog`ida O`zbekiston bilan IHOKB o`rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan sohalarda kelgusidagi aloqalar va hamkorlik yo`nalishlarini aniqlash masalalari muhokama etiladi.

BMT Radiosi xabar berishicha, Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissar Zayd Raad al-Husayn, inson huquqlari bo`yicha dunyodagi vaziyat haqida ma`ruzani taqdim etar ekan, O`zbekistonning muvaffaqiyatlarini alohida ta`kidlab o`tgan (Manba: http://www.unmultimedia.org/radio). Uning fikricha, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev sud-huquq tizimini samaradorligini oshirishga hamda adolatli va mastaqil sud jarayonlarini tashkil etishni ta`minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilyapti.

“U 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasida mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida qonun ustivorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish belgilab qo`yilganligiga yuqori baho berdi”, deb xabar beradi “Jaxon” AA.

Zayd Raad al-HusaynO`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning inson manfaatlarini ta`minlash bilan bog`liq bo`lgan tashabbuslarini qo`llab-quvvatlashini bildirdi. Oliy komissarning fikricha, ushbu tashabbuslar yuqori xalqaro andazalar talablariga javob beradi, va mamlakatni o`zining hamkorlari bilan ustuvor maqsadlardan biri bo`lganxalqning farovonligini oshirish yo`lidamuloqot uchun ochiqligidan dalolat beradi. U O`zbekistonga Harakatlar strategiyasining tegishli qismlarini hayotga tatbiq etishda ko`maklashishga tayyorligini bildirdi.

Oliy komissar O`zbekistonning BMT huquqni himoya qilish tuzilmalari bilan hamkorligi haqida ijobiy fikr bildirdi.

Zayd Raad al-Husaynning O`zbekistonga tashrifi tomonlar o`rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlanishiga olib keladi va inson huquqlarini himoya qilish sohasida o`zaro aloqalarining istiqbolli yo`nalishlarini muhokama qilish uchun sharoit yaratadi.

Boshqa yangiliklar