Afg`oniston poytaxti Qobul shahri markazida kuchli portlash bo`ldi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, portlash mazkur tumandan chet el qo`shinlari o`tayotgan vaqtda xudkush-terrorchi tomonidan sodir etilgan.
Reuters agentligi bergan xabarga ko`ra, Qobul shahri markazidan NATO koalisiyasining transport vositalari kolonnasi o`tayotganda portlash sodir etilib, terrorchilarning maqsadi ham aynan ularni portlatish bo`lgan. AQSh elchixonasi binosi ham hodisa yuz bergan joyga yaqin hududda joylashgan.






