AsosiySport

O`zbekiston U-18 termasi Gruziya yoshlariga mag`lub bo`ldi

'O`zbekiston U-18 termasi Gruziya yoshlariga mag`lub bo`ldi 'ning rasmi

Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-18 terma jamoasi Gruziya yoshlariga qarshi ikkita o`rtoqlik o`yini o`tkazish uchun 1 may kuni mamlakat poytaxti Tbilisi shahriga etib keldi.

O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, 2 may kuni Mochinov shogirdlari Gruziya yoshlar termasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi. Gollar va qizil kartochkalarga boy bo`lgan o`yinda Gruziya U-18 termasi 4:2 hisobida g`alaba qozondi.

O`zbekiston yoshlar termasidan gollarga Xudoyorxon Sa`dullaev va Georgiy Ahmedov mualliflik qildi. Jamoalar o`rtasidagi navbatdagi o`rtoqlik uchrashuvi 4 may kuni bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, mazkur o`rtoqlik o`yinlari O`zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo`lib o`tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari o`tkaziladi.

O`rtoqlik uchrashuvi
Tbisili, Gruziya
2 may, seshanba

Gruziya U-18 – O`zbekiston U-18 – 4:2

Gollar: Akaki Kimeridze (4, 45), Beka Kavtaradze (15), Mixail Ergemlidze (54) – Xudoyorxon Sa`dullaev (45), Georgiy Ahmedov (69)

Ogohlantirishlar: Mixail Ergemlidze (54), Jaba Kasrelishvili (59), Tamaz Babunadze (90) – Abdulaziz Yoqubov (3), Ibrohim Yo`ldoshev (33)

Chetlatishlar: Mixail Ergemlidze (87), Tamaz Babunadze (90) – Ibrohim Yo`ldoshev (39)

Boshqa yangiliklar