AsosiyDunyo

​Afg`on diplomati noo`rin hazili tufayli Ostona aeroportida qo`lga olindi

'​Afg`on diplomati noo`rin hazili tufayli Ostona aeroportida qo`lga olindi'ning rasmi

1 may kuni Qozog`istonning Ostona aeroportida Afg`onistonning Qozog`istondagi sobiq elchisi Muhammad Faruk Barakiy xizmat muddati tugaganligi tufayli Qobulga qaytib ketayotganda qo`lga olindi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Bunga bojxonachilarning “Yuklarning ichida nima bor?” degan savoliga Muhammad Faruk Barakiyning jahl bilan “Bomba bor!”, degani sabab bo`ldi. Uning o`ylamay gapirgan gapi, favqulodda choralar ko`rilishiga sabab bo`ldi. Aeroportga kirish eshiklari yopilib, voqea joyiga nafar maxsus xizmat xodimlari etib keldi. Diplomat uch soat davomida qamab qo`yildi. Tashqi ishlar vazirligi uning kafilliginit olgach, unga ketishga ruxsat berildi. Sobiq elchi bo`lib o`tgan voqeani ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilar ekan, aeroport xodimlari uning hazilini to`g`ri tushunmaganligini, tushunmovchilik ro`y berganini ta`kidladi. Afg`oniston tashqi ishlar vazirligi ayni paytda o`z xodimining qo`lga olinishi hodisasiga hech qanday izoh bermadi.

Boshqa yangiliklar