Ikkinchi jahon urushi yillarida 15 nafar etim bolalarni o`z panohiga olgan Shomahmudovlar oilasiga qo`yilgan haykal Toshkent markaziga qaytmoqda.
Ushbu ma`lumotni bizga hokimiyatga manbalar tasdiqladi. Ularning ma`lumotlariga ko`ra, haykalni “Xalqlar do`stligi” bog`iga (sobiq Bobur) o`rnatish rejalashtirilgan. "Voditeli Tashkenta" telegram-kanalida haykal olib o`tilayotgani aks etgan suratlar paydo bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, temirchi Shoahmad Shomahmudov oilasining haykali o`zbek xalqining mehr-muruvvati timsoliga aylangan bo`lib, 2008 yilning aprelida o`z joyidan ko`chirilib, Toshkent shahriga kiraverishda o`rnatilgandi.

Shomahmudovlar oilasini aks ettirgan haykaltaroshlik kompozisiyasi 1982 yilning 26 may kuni Xalqlar do`stligi saroyi qarshisida ochilgan edi. Haykaltarosh - D.Ryabichev, arxitektorlar - L.Adamov, S.Adilov.






