Moskva-Bangkok yo`nalishi bo`yicha uchayotgan layner havo girdobiga tushib qolishi oqibatida, samolyot bortidagi 20 nafar yo`lovchi turli darajadagi tan jarohatini oldi, deb xabar berdi Ren.tv nashri.
Mazkur voqeaga guvoh bo`lganlardan biri hodisa aks etgan videorolikni Instagram ijtimoiy tarmog`iga joylashtirdi. Videorolikda samolyotning “havo girdobi”ga tushib qolgandagi holati, yo`lakchaga yiqilgan odam, buyumlarning sochilib yotganini ko`rish mumkin.
“Qo`nishga bir soat qolganda samolyot havo girdobiga tushib qolishi oqibatida yo`lovchilarning qo`l-oyoqlari, samolyot dumida o`tirganlarning umurtqasi, burni sindi. Odamlar kuchli stressdan hushdan ketdi, bizga esa hech nima qilmadi”, deb izoh yozdi videorolik muallifi.






