O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o`tgan hafta davomida O`zbekistonda yuzaga kelgan tezkor vaziyatlar to`g`risida axborot berdi.
Respublika hududida bir haftada 2 ta favqulodda vaziyat qayd etildi, ular oqibatida 3 kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlandi.
Samarqand viloyati: FVB tezkor navbatchisidan olingan ma`lumotga ko`ra, 2017 yilning 24 aprel kuni soat 02:15da Samarqand tumani “Ravonak” QFYda M.Anorovning oshxonasida gaz balonidan sizib chiqqan gaz bilan havo aralashmasidan chaqnash sodir bo`lgan. Chaqnash oqibatida 3 kishi turli darajada kuyishdan tan jarohati olgan.
Shuningdek, 2017 yilning 26 aprel kuni soat 08:00da Samarqand tumani hududidan o`tuvchi A-378 “Samarqand-Qarshi” avtomobil yo`lining 7 km.da “Neksiya” rusumli avtomobil Kamaz-53212 yuk avtomoshinasi bilan to`qnashuv sodir etgan. YTH (DTP) oqibatida 3 kishi vafot etgan va 1 kishi tan jarohati olgan.
O`tgan hafta davomida hududiy qutqaruv otryadlari tomonidan o`quv mashqlar, seminarlarga 6.ta, turli tadbirlarda xavfsizlikni ta`minlash ishlariga 10.ta, aholiga yordam ko`rsatishga 14.ta, amaliy yordam ko`rsatish ishlariga 11.ta hamda suvdagi hodisalarga 2.ta, yo`l-transport hodisalarga 2.ta, jami bo`lib 43.ta chiqishlar amalga oshirildi.






