British Airways kompaniyasiga tegishli Londondan Yamaykaga parvozni amalga oshirayotgan samolyot yo`lovchilar va ekipaj a`zolari o`rtasida joy talashish tufayli janjal ko`tarilishi oqibatida Portugaliya harbiy bazasiga qo`nishga majbur bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Parvoz davomida Buyuk Britaniyalik er-xotin ekipajdan ularni ekonom-klassdan birinchi klass joyiga o`tkazishni talab qildi. Bort kuzatuvchilari ularning talablarini rad etgach, bortda janjal ko`tarildi. Natijada samolyot komandiri Portugaliya harbiy bazasiga qo`nishga qaror qildi.
Samolyot bortida janjal ko`targan er-xotinning harakatlari videoga olindi va o`zlari bilan birga polisiya qo`liga topshirildi.






