United Airlines aviakompaniyasi reysdan ikki nafar yoshni tushirib qoldirgandan so`ng mojarolar markazida qoldi.
Maykl Xol va uning rafiqasi Amber Maksvel Kosta-Rikaga to`ylarini nishonlash maqsadida uchib ketayotgan edi. Parvozdan oldin ular samolyotda o`z joylaridan boshqa bo`sh o`rindiqqa joylashishdi. Aniqlanishicha, ushbu joylar qulayligi sababli ularning chiptalarida ko`rsatilgan joydan qimmatroq bo`lgan. Ushbu holat ularni reysdan tushirilishiga sabab bo`ldi.
“Biz bu narsa katta ahamiyatga ega deb o`ylamagandik, birinchi klassga o`tishga harakat qilmagandik, shunchaki bir necha qator oldinda joy bo`shligi sababli u erga o`tib olgandik”, — deydi Xol.
Aviakompaniya vakillari esa yo`lovchilar bir necha bor chiptalarida ko`rsatilmagan joyga o`tmoqchi bo`lganligini ta`kidlashdi.






