Italiya 32-turida “Inter” jamoasi o`z maydonida “Milan” futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.
Milan derbisi maqomida o`tkazilgan o`yinda 2:2 hisobidagi super natija qayd etildi. “Inter” 44-daqiqada 2:0 hisobida oldinda borayotgandi.
Ammo 83 va 90+7-daqiqada “Milan” futbolchilari tomonidan kiritilgan gollar durang qayd etilishini ta`minladi.
Inter – Milan – 2:2 (2:0)
Gollar: Kandreva 36, Ikardi 44 - Romanoli 83, Sapata 90+7
Inter: Xandanovich, Miranda, Nagatomo, D`Ambrozio, Kondogbia, Mariu (Murilo 80), Medel, Kandreva (Biabiani 90+1), Galyardini, Perishich (Eder 68), Ikardi.
Milan: Donnarumma, Sapata, De Shilo, Kalabriya (Okampos 81), Romanoli, Fernandes, Sosa (Lapadula 75), Suso, Kuska (Lokatelli 57), Deulofeu, Bakka.
Ogohlantirishlar: Kuska 34, Kandreva 37, Xandanovich 87, Galyardini 90+4, Lokatelli 90+5






