AsosiyJamiyat

​Ohangaronda 2 nafar bosqinchi yolg`iz yashovchi qizning uyiga bostirib kirib, tan jarohati etkazdi

'​Ohangaronda 2 nafar bosqinchi yolg`iz yashovchi qizning uyiga bostirib kirib, tan jarohati etkazdi 'ning rasmi

Ohangaron tumani IIB Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko`ra, tunda ikki nafar noma`lum shaxslar, o`zganing mulkini bosqinchilik yo`li bilan talon-taroj qilish maqsadida, yuzlariga niqob kiyib, qo`llariga qo`lqop taqib, Ohangaron tumani, Ubayd qishlog`ida yashovchi 1992 yilda tug`ilgan ayolning xonadoniga kirish eshigini buzib kirib, uni urib-do`pposlab, tan jarohati etkazib, qo`l-oyoqlari hamda og`zini o`zlari olib kelgan skotch bilan bog`lab, uyidagi dazmolni qizdirib, tanasiga bosib, hayoti va sog`ligi uchun xavfli bo`lgan zo`rlik ishlatib, uyda mavjud bo`lgan 600.000 so`m miqdordagi naqd pullarni va “SAMSUNG” hamda “NOKIA” rusumli telefonlarini, bosqinchilik yo`li bilan egallab olib, jinoyat sodir etgan joyidan yashirinishgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu bosqinchilik jinoyatini jabrlanuvchining yaqin tanishi A.Farhod uyushtirganligi aniqlandi. U o`zining moddiy tomondan 1. 000.000 so`m miqdorda qarzdor bo`lgan tanishi X.Azizga xonadon egasining uyda bir o`zi yashashligini, uyida 5-6 million so`m miqdordagi pul mablag`ini saqlashini, undan tashqari 2-3 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni ham yig`ib qo`yganligini ma`lum qilib, uni jinoyat sodir etishga qiziqtirgan. Unga xonadonni ko`rsatib, qanday kirishi va pul qaerda saqlanishi haqida aniq ma`lumotlar bergan.

Qarzidan voz kechishi hamda A.Farhod ma`lum qilgan katta miqdordagi pul mablag`larini qo`lga kiritish istagi X.Azizni tinch qo`ymadi, o`rtog`i I.Ozodjonni bu ishni birgalikda amalga oshirishga undagan.

O`zining his-tuyg`ularini boshqara olmagan hamda oson va mo`may daromad orttirish payida bo`lgan bu kimsalar endi qonun oldida javob berishadi.

Boshqa yangiliklar