“Yuventus” jamoasi klub hujumchisi Paulo Dibala bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Championat.com nashri ma`lum qildi.
Xabar qilinishicha, argentinalik futbolchi kelishuv muddatini yana 4 yilga uzaytiradi. Uning yiooik maoshi esa 7 mln evroni tashkil qiladi.
“Yuventus”da eng ko`p maoshi oluvchi futbolchi Dibalaning hamyurti Gonsalo Iguain sanaladi. Uning yillik maoshi 7,5 million evroni tashkil qiladi. Demak, Dibala eng ko`p maosh oluvchi ikkinchi o`yinchiga aylanadi.
Ma`lumot uchun, Paulo Dibala 2015 yili “Palermo”dan Turinga 32 mln evro evaziga ko`chib o`tgandi.






