Hayvonlar shifoxonasida davolanayotgan it eshiklarni o`zi ochib, kasalxonadan qochib ketdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
10 aprel kuni AQShning Virjiniya shtatidagi Stafford shahridagi Aquia-Garrisonville Animal Hospital nomli hayvonlar shifoxonasidan General laqabli it qochib ketdi. Shunisi qiziqqi, it eshik tutqichlarini tumshug`i bilan burab ochgan.
Ertasi kuni kasalxona xodimlari itning hovlida dam olib yotganligini ko`rishdi. It egasiga qaytarildi.






