Evropa Chempionlar ligasi chorak final dastlabki o`yinida “Yuventus” o`z uyida “Barselona” futbolchilarini qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa turinliklar o`z maydonida barcha turnirlarda ketma-ket 16-g`alabasini qo`lga kiritdi. Bundan tashqari, “Yuventus” o`z maydonida barcha musobaqalarda 48 ta o`yindan buyon mag`lub bo`lmay kelmoqda.
Ayni vaqtda Massimiliano Allegri jamoasi o`z maydonida 42 g`alaba va 6 durangga erishgan.






