AsosiyDunyo

​Dunyoga mashhur, xavfli “Ajal so`qmog`i” (Foto)

'​Dunyoga mashhur, xavfli “Ajal so`qmog`i” (Foto)'ning rasmi

“Ajal so`qmog`i” dunyoga mashhur eng xavfli so`qmoqlardan biri hisoblanadi, deb xabar berdi Obaldenno.com nashri.

Dunyo bo`yicha ekstrimga qiziquvchi odamlar mazkur toqqa asablarini tarang qilib, o`zlarining mardliklarini namoyon qilish uchun tashrif buyurishadi. “Ajal so`qmog`i”ning xavfliligi shundaki, u tik qoyalarga mahkamlangan, tubsiz jarliklar ustida osilib turgan ensiz taxtalardan iboratdir.


Xitoyning Xuashan (Hua Shan) tog`iga chiqish uchun dunyodagi eng xavfli so`qmoqdan yurishga to`g`ri keladi. Mazkur so`qmoq toqqa olib chiquvchi zinapoyalardan boshlanib, er sirtiga perpentikulyar ravishda osilib turgan ensiz taxtalar orqali yuqoriga ko`tariladi. Tog`dan yuqoriga ko`tarilish juda xavflidir. Sog`lig`ida muammolari bo`lgan odamlarga “Samoga eltuvchi zinapoya”dan emas, maxsus arqonli yo`ldan yurish tavsiya etiladi.


Mixlab qotirilgan maxsus zanjirlar yaqinda paydo bo`ldi. Mazkur yo`l bundan 700 yil ilgari zohidlar tomonidan taxtalardan qurilgan edi.


Xuashan tog`i xitoyliklar uchun muqaddas hisoblanadi. U xitoy tilidan tarjima qilinganja “Gullagan tog`” ma`nosini beradi, u gulbarglarni eslatuvchi beshta qoyani bir-biriga birlashtirib turadi. Mahalliy aholining ma`lumot berishicha, har yili “Ajal so`qmog`i”da yuzlab odamlar halok bo`ladi. Yo`lning oxirida choy ichish mumkin bo`lgan uycha mavjud.Bu erda sayyohlar yo`l azobidan dam olib, orqaga qaytish uchun kuch to`playdi.








Boshqa yangiliklar