Madeyra oroli aeroporti Portugaliya terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sharafiga nomlandi.
Krishtianu Ronaldu Madeyra orolidagi Funshal shahrida tug`ilib o`sgan. U mamlakat termasini mashhur qilgani uchun shunday qarorga kelindi.

Ta`kidlash kerakki, Madeyrada futbolchining rasmiy muzeyi, Funshal shahrida esa uning haykali bor.






