AsosiySport

Bastian Shvaynshtayger rasman “Chikago” klubi a`zosila aylandi

'Bastian Shvaynshtayger rasman “Chikago” klubi a`zosila aylandi'ning rasmi

“Bavariya” va “Manchester Yunayted” klublarining sobiq yarim himoyachichi Bastian Shvaynshtayger MLSning “Chikago Fayr” klubi a`zosi sifatida rasman tanishtirildi. Bu haqda Chikago shahri klubi “Tvitter”dagi sahifasida ma`lum qildi.

Germaniyalik futbolchi yangi klub bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Kelishuvga ko`ra tomonlar shartnomani yana 1 yilga uzaytirishi mumkin.

32 yoshli tajribali yarim himoyachi 1 yilda 4,5 million dollar ishlaydi. Shvaynshtayger yangi klub safida 1 aprel kuni, “Monreal”ga qarshi o`yinda o`tkazishi kutilmoqda.

Boshqa yangiliklar