O`zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo`yicha Jahon chempionati–2017 musobaqasida ishlash uchun taklif oldi.
Plyaj futboli bo`yicha Jahon chempionati chempionati shu yilning 27 aprel – 7 may kunlari Bagam orollarida bo`lib o`tadi.
Jahon chempionatida jami 16 ta terma jamoa bosh sovrin uchun kurashadi.
Evropa – Italiya, Polsha, Portugaliya, Shveysariya;
Osiyo: Yaponiya, BAA, Eron;
Janubiy Amerika – Braziliya, Ekvador, Paragvay;
Shimoliy va Markaziy Amerika: Bagam orollari (mezbon), Meksika, Panama;
Afrika – Nigeriya, Senegal;
Okeaniya: Taiti
Eslatib o`tamiz, Baxtiyor Namozov 4–11 mart kunlari Malayziyaning Terengganu shahrida o`tkazilgan plyaj futboli bo`yicha Osiyo chempionatida ishlagandi.






