AsosiyDunyo

​Peruda yo`lovchi tashiydigan samolyot yonishi oqibatida 26 kishi jabrlandi (Video)

'​Peruda yo`lovchi tashiydigan samolyot yonishi oqibatida 26 kishi jabrlandi (Video)'ning rasmi

Peruvian Airlines aviakompaniyasining havo layneri 28 mart kuni Peruning Xauxa shahar aeroportiga qo`nayotganda yonib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Mahalliy radiostansiyaning bergan ma`lumotiga ko`ra, samolyot texnik nosozlik tufayli yongan. Samolyot qo`nayotganda o`ng shassisida muammo paydo bo`lgan. Uchuvchi avariyaviy qo`nishni amalga oshirishga majbur bo`ldi. La Republica gazetasining yozishicha, hodisa oqibatida kamida 26 kishi jabrlangan. Barcha jabrlanganlar, shu jumladan ular orasida bo`lgan bola ham kasalxonaga yotqizilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yonayotgan samolyot ichida bo`lgan barcha yo`lovchilar evakuasiya qilindi.

Samolyot uchuvchisi Deniss Xan qo`nish jarayonida shassi g`ildiragi yorilib ketganligi ma`lum qildi. Aeroport uchish-qo`nish taqiklab, ish faoliyatini to`xtatdi, voqea joyiga o`t o`chiruvchilar etib keldi. Hodisa sabablari o`rganilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda esa Peruvian Airlines aviakompaniyasining yonayotgan samolyoti aks etgan videorolik paydo bo`ldi.


Boshqa yangiliklar