Xonanda Jahongir Otajonov o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ajoyib yangilikni e`lon qildi.
Xonandaning ma`lumot berishicha, yaqinda uning ism-familiyasi bilan nomlangan futbolkalar sotuvga chiqariladi.
“Aziz yurtdoshlar, mana yaqinda bizning logotipimiz bilan futbolkalar sotuvga chiqariladi”,—deb yozdi Jahongir Otajonov.
Futbolkalar qachondan boshlab sotuvga chiqarilishi hozircha noma`lum.

Ma`lumot uchun, Jahongir Otajonov 29 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida konsert dasturini taqdim etadi.






