JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan o`rin olgan O`zbekiston – Qatar (1:0) uchrashuvidan keyin o`tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Xorxe Fossati o`yin borasida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
“O`yin biz kutgandek qiyin kechdi. Birinchi bo`limda to`pni yaxshi nazorat qildik, ammo bizning ustunlik hisobda aks etmadi. Ikkinchi bo`lim ham deyarli shu ssenariy asosida kechdi. Futbolchilar asabiy o`ynadi, hakam esa o`yinning asabiy tarzda o`tmasligiga yordam berdi.
Hakam darvozamiz tomon jarima zarbasini belgiladi va Odil Ahmedov ajoyib gol urdi. Ammo referi jarima zarbasini nima uchun belgilananini so`raganimda, u futbolchining qorniga zarba berilganini aytdi. Hakam qanday qilib bu vaziyatni ko`rganini tushunmadim, axir u vaziyatni orqa tomonidan ko`rdi-ku? Men esa vaziyatni ko`rdim. Fol yo`q edi.
Biz ham gol urdik, ammo offsayd bor edi. Bu vaziyatga boshqa izoh berish shart emas. O`zbekiston terma jamoasini g`alaba bilan tabriklayman, chin dildan tabriklayman. O`zbekiston hakamlar xatosi uchun mas`ul emas. Futbolchilarimning o`yinidan faxrlanaman, ular bor kuchini berdi. Biz saralash bahslaridan boshimizni baland ko`targan holda chiqib ketdik. Qatar Toshkentda juda yomon o`ynagan, bu esa O`zbekiston terma jamoasi o`yinining yuqori sifatidan darak beradi”, – dedi Xorxe Fossati.






