35 yoshli Beyons saraton bilan og`rigan maktab o`quvchisining orzusini ro`yobga chiqardi, deb xabar bermoqda “Cosmopolitan”.
Estrada yulduzi o`zining yosh muxlisasiga Facetime orqali qo`ng`iroq qilib, uni hayratlantirdi. Xonanda muxlisasiga og`ir kasallik bilan kurashda omad va muvaffaqiyatlar tilab, uni qo`llab-quvvatladi.
Maktabning yuqori sinf o`quvchisi Eboni Benksning sinfdoshlari ijtimoiy tarmoqlar orqali #ebobmeetsbeyonce(Eboni Beyons bilan uchrashadi) xeshtegini yaratdi va uni trendga olib chiqdi. Aynan mana shu keng ko`lamli aksiya Beyonsning e`tiborini tortdi va u muxlisi bilan bog`lanishga qaror qildi.

Eboni o`z kumiri bilan suhbatlashishdan juda mamnun bo`ldi. U taniqli qo`shiqchiga sevgisini izhor qildi. Beyons ham o`z navbatida muxlisasiga bo`lgan mehrini unga etkazdi.
Eboni Benks saratonning kam uchraydigan turiga chalingan. U muntazam ravishda shifokorlar nazoratida turadi.






