AsosiySport

Joze Mourino eng ko`p daromad topgan murabbiy bo`ldi

'Joze Mourino eng ko`p daromad topgan murabbiy bo`ldi'ning rasmi

France Football nashri 2016/17 yilgi (joriy) mavsumda eng ko`p daromad topgan futbol murabbiylari reytingini e`lon qildi. Ro`yxat murabbiylaring maoshi, bonuslari va reklamadan tushadigan daromadini inobatga olgan holda tuzilgan.

Joriy mavsumda 28 million evro ishlashga ulgurgan “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi – portugaliyalik Joze Mourino eng serdaromad murabbiylar reytingida birinchi o`rinni egallab oldi.

Ikkinchi o`rin O`zbekiston terma jamoasining JCh–2018 saralashidagi raqibi – Xitoy termasini boshqarayotgan italiyalik mutaxassis Marchello Lipii egalladi. Kuchli uchlikdan “PSJ”ning sobiq ustozi Loran Blan egalladi.

1. Joze Mourinyu (“Manchester Yunayted”) – 28 mln evro

2. Marchello Lippi (Xitoy terma jamoasi) – 23 mln evro

3. Loran Blan (“PSJ” sobiq bosh murabbiyi, hozirda ishsiz) – 20 mln evro

4. Karlo Anchelotti (“Bavariya”) – 15,8 mln evro

5. Xosep Gvaridiola (“Manchester Siti”) – 14,5 mln evro

Avvalroq Krishtianu Ronaldu eng ko`p daromad topgan futbolchi deb topilgani haqida xabar berilgandi.

Boshqa yangiliklar