AsosiySport

Xorxe Fossati: O`zbekiston reja va strategiya asosida harakat qiladigan jamoa

'Xorxe Fossati: O`zbekiston reja va strategiya asosida harakat qiladigan jamoa'ning rasmi

JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan o`rin olgan O`zbekiston – Qatar uchrashuvidan oldin o`tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida qatarliklar ustozi Xorxe Fossati o`z fikrlarini bildirdi.

“Guruhdagi har bir o`yin qiyin sanaladi. O`zbekistonni hurmat qilamiz, lekin g`alaba qozonish uchun bu erga kelganmiz. Toshkentdagi avvalgi natijalar shunchaki raqamlar va statistika. To`g`ri, Qatar safarda O`zbekistonni yutmagan, ammo erataga yangi o`yin bo`ladi va yangi sahifa yaratish qo`limizdan keladi.

Raqib tarkibida kuchli futbolchilar bor. Ha, Rashidov va Abduxoliqov Qatar ligasida o`ynaydi, ammo biz ham ularni kuzatib boramiz. Qatar tarkibida ham kuchli futbolchilar bor.

O`zbekiston terma jamoasi tartibli o`yin ko`rsatadi. Jamoa doim reja va strategiya asosida harakat qiladi. O`zbekiston terma jamoasining Suriyaga mag`lub bo`lgani kutilmagan holat, deya olmayman. Yuqorida aytib o`tganimdek, har bir o`yin qiyin, oson bellashuvning o`zi yo`q. Agar Suriya katta hisobda O`zbekistonni yutganida, mana bu men uchun hayratlanarli bo`lardi”, – dedi Fossati.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston – Qatar uchrashuvi ertaga, 28 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o`tkaziladi. O`yin 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar