AsosiyJamiyat

​Abdulaziz Komilov Rossiya Prezidenti maxsus vakili bilan uchrashdi

'​Abdulaziz Komilov Rossiya Prezidenti maxsus vakili bilan uchrashdi'ning rasmi

2017 yilning 27 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federasiyasi Prezidentining Xalqaro madaniy hamkorlik bo`yicha maxsus vakili, MDHga a`zo davlatlarning Gumanitar hamkorlik davlatlararo jamg`armasi (GHDJ) boshqaruvi hamraisi Mixail Shvidkoyni qabul qildi.

Uchrashuv chog`ida madaniy-gumanitar sohada ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari O`zbekiston va Rossiya o`rtasida dinamik rivojlanayotgan aloqalarning muhim qismi sifatida muhokama qilindi.

Shu nuqtai nazardan ta`kidlanganidek, A.S.Pushkin nomidagi davlat tasviriy san`at muzeyida O`zbekiston Milliy muzeyi jamg`armasining katta miqdordagi rassomchilik va grafika asarlari, arxeologiya topilmalari va amaliy san`at ishlari taqdim etiluvchi bo`lajak “Sharq xazinasi” nomli keng miqyosli ko`rgazma, shubhasiz, O`zbekiston-Rossiya munosabatlarida hamda Moskva madaniy hayotida timsoliy voqeaga aylanadi.

Suhbat davomida o`zaro manfaatli bo`lgan boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.

Uchrashuvda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev, GHDJ ijochi direktori Anatoliy Iksanov ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar