Qatar poytaxti Doha shahrida o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazayotgan O`zbekiston U-22 terma jamoasi kecha, 25 mart kuni Kanada U-23 termasiga qarshi kuch sinashdi.
“Al-Xor” stadionida o`tkazilgan bellashuvda Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi jamoa 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Avvalroq o`zbekistonlik yoshlar Qatar U-22 termasiga qarshi bahs olib borib, 3:1 hisobida zafar quchgandi.
Mazkur o`quv-mashg`ulotlar yig`ini O`zbekiston U–22 terma jamoasi uchun 2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi 15–23 iyul kunlari BAAda bo`lib o`tadi.
O`zbekiston U-22 — Kanada U-23 — 0:1
O`zbekiston: Botirali Ergashev, Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov, Akramjon Komilov, Husniddin G`ofurov (Xushnudbek Avilov, 45), Abdujamol Isroilov, Aziz G`aniev (Doston Ibragimov, 69), Jasur Yaxshiboev (Andrey Sidorov, 72), Javohir Qahromonov (Jamshid Yusupov, 69), Hurshid G`iyosov (Javohir Siddiqov, 45), Zabihillo O`rinboev.






