AsosiySport

JCh–2018 saralashi. O`zbekiston – Qatar uchrashuvining media tadbirlari

'JCh–2018 saralashi. O`zbekiston – Qatar uchrashuvining media tadbirlari 'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turida Qatar termasini Toshkentda qabul qiladi.

28 mart, seshanba kuni bo`lib o`tadigan uchrashuv “Bunyodkor” stadionida, soat 18:00 da start oladi. Quyida OAV xodimlari uchun O`zbekiston – Qatar uchrashuvi oldidan bo`lib o`tadigan media tadbirlar haqida ma`lumot keltirilgan.

27 mart, dushanba. “Bunyodkor” stadioni

11:00. Qatar terma jamoasining o`yin oldi matbuot anjumani.

11:30. O`zbekiston terma jamoasining o`yin oldi matbuot anjumani.

Matbuot anjumanidan keyin akkreditasiyadan o`tgan jurnalistlarga media tribunaga chipta beriladi.

17:00. O`zbekiston terma jamoasining rasmiy mashg`uloti.

18:00. Qatar terma jamoasining rasmiy mashg`uloti.

28 mart, seshanba. “Bunyodkor” stadioni

15:00 – 16:00. “Bunyodkor” stadioni hududiga kirish.

16:00 – 16:30. Jamoalar tarkibi – “start list” tarqatiladi.

16:30 – 17:30. Media markaz (jiletkalarni tarqatish, jurnalistlarni belgilangan hududda yurishini taminlash, foto muxbirlarni maydonga kuzatib qo`yish va boshqalar).

18:00 – 20:00. O`zbekiston – Qatar uchrashuvi.

20:10 – 20:30. Qatar terma jamoasining o`yindan keyingi matbuot anjumani.

20:40 – 21:00. O`zbekiston terma jamoasining o`yindan keyingi matbuot anjumani.

Boshqa yangiliklar